Hiyonatning achchiq mazasini totgan odam uchun sevgining shirin sharbati ta`msiz bo`lib qoladi… …Faryod qilsang – hamma eshitadi, shivirlasang – yoningdagi odam eshitadi, faqatgina haqiqiy yaqinlaring indamasang ham seni eshita oladi… …Umr – bu bir katta supermarket kabi. Istaganingni ol, biroq shuni unutmaginki – chiqishda kassa bor va hamma narsaga to`lashingga to`g`ri keladi… ...Eng og'ir kasb - uy bekasi bo'lish. Ish vaqti kuniga kamida 16 soat. Oylik yo'q! Dam olish kunlari yo'q! Mehnat ta'tili yo'q! Yana eringiz har doim fahr bilan "Mani xotinim ishlamaydi, uyda otiradi" deb maqtanib qo'yadi... …Qalbga mix qoqishdan avval o`ylab ko`ring. Uni sug`urib olsangiz ham izi qoladi.Qalb yarasi esa juda sekin bitadi va o`sha qalb egasiga katta og`riq beradi. Shuning uchun ham sizni yurakdan sevgan insonlarga ozor bermang… …Munosabatlarda eng yomoni – sevganingga kerak yo kerak emasligingni bila olmasligingdir… ...Dushmaning yuzingga aytgan o`nta yomon gapidan ko'ra do'sting ortingdan gapirgan bitta yomon gapi 100 karra og'irroq botadi yurakka... ...Agar sizga kimnidir kechirishning imkoni yo'qdek tuyulsa - o'zingizni odamlar necha-necha martalab kechirishgani haqida eslab ko'ring... …Yuqorida ko`tarilganingda do`stlaring seni kim ekanligingni biladi, pastga qulaganingda esa sen bilasan kim do`stling ekanligini… …Pul yo`qotgan ko`p narsa yo`qotadi, do`stini yo`qotgan – undan ham ko`prog`ini. Iymonini yo`qotgan esa – bor-butini yo`qotadi…

Теги: sevgi hiyonat umr kasb qalb

Теги других блогов: sevgi hiyonat umr kasb qalb