@HujjatlarUz
11 янв. 2015 г.
Tarixiy Iboralar... (3-qism)
(1) "Vaqt - bu pul".
Bu gapni ilk bor amerikalik olim va siyosat arbobi Veniamin Fraklin (1706-1790) "yosh savdogarlarga maslaxat" asarida aytgan. Franklinning bu fikri ishbilarmonlar, tadbirkorlar bankirlar va savdogarlarning shiorga aylanub qolgan.
(2) "Juda xam uzoqni ko'zlamoq - uzoqni ko'ra olmaslikdir".
Angliya bosh ministri Uinston Cherchill (1874-1965) nixoyatda realist va pragmatik siyosatchi sifatida tanilgan. U kelajakka qaratilgan balandparvoz g'oyalar, shiorlar va rejalar bilan xalqni chalg'itgandan ko'ra, o'tayotgan xar bir kunni odamlar uchun mazmunli va xalovatli qilishga xarakat qilgan. Yo'qoridagi ibora bilan o'ziga xos siyosatini asoslagan.
(4) "mangu shaxar"
Rimlik shoir Tibulla (er.av. 50-19) Rimni qudrati va ko'rkidan xayratlanib uni o'z asarida "mangu shaxar" deb atagan.
(5) "Omad kuchlilarga kulib boqadi"
Bu ibora muallifi ingliz dramaturgi Oskar Uayld (1854-1900) dir
(6) "Men yuzta nayzadan ko'ra, uchta gazetadan ko'proq qo'rqaman"
Imperator Napoleon Bonapart (1769-1821) Evropa xukmdorlari ichidan birinchi bo'lib jurnalist va gazeta axamyati xamda qudratiga katta baxo berib, huddi shunday degan.
(6) "Qo'lyozmalar yonmaydi"
Bu ibora Rus yozuvchisi va dramaturgi, "Oq gvardiya", "It yurak", "Usta va Margarita", singari asarlar muallifi Mixail Bulgakov (1981-1940) ga tegishli
(7)"Geosiyosat"
bu iborani birinchi bo'lib shved siyosatshunos va davlatshunos olimi R. Chellen muomalaga kiritgan. Bu ibora XX asr boshlaridan xalqaro munosabatlarda keng qo'laniladigon va etakchi davlatlar siyosiy, iqtisodiy, milliy va gegrafik mansublikka qarab tariflanadi.
Abdulatif Adhamov на 0:44
Поделиться