Dardu hasrat yer ekan ko`ngil to`rini, Ko`z yoshin yuvmaydi zamin sho`rini. Ba`zan murda ham topolmay qolar ekan go`rini, YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! So`zing ham o`tmay qolar ekan goh, Qochishadi oshna og`ayni seni ko`rgan choh. Qani ishongan bog` suyangan tog` ,? YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! Tashvishlar o`raydi to`rt tomoningdan, Tosh chiqaveradi yegan nonningdan. O`zinikilar ham ba`zan o`tkazib yuborardi joningdan, YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! Omad yo`q atalaga ham o`tmaydi tishing, Yo`qlab kelmas ekan bir yaqin kishing. Nomard-u pastkashlarga tushadi ishing, YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! Xudo o`zi bilar kim qachon ketar, Bir kam bu dunyo ko`ngling hun etar. Husningdan ayirar kuning tune tar, YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! Orzu bog`ing darddan beradi hosil, O`ylayverib ohiri o`zing ham bo`lasanku sil. Osilsang ham saaal pastroq dorga osil. YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! Yigit yiqilsa nopok hotin to`ra, Ko`rmaganni ko`rgani qurub ketsin jo`ra. So`rasang ham bandadan emas hudodan so`ra. YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!! Man man degan yigitlar sinadi hayot zo`ridan, Singangga kim ham joy beradi davra to`ridan. Kim bo`shatib beradi issiq o`rnini, YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI!!!

Теги других блогов: poetry uzbek literature YO`QCHILIK YIQITAR YIGGIT ZO`RINI